Arteta Pepe bo'yicha takliflarni ko'rib chiqmoqchi emasligini aytdi

Alisher
27 noya 2021, 11:49
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta hujumchi Nikolya Pepeni sotmoqchi emas.

"Nikolya bo'yicha takliflarni ko'rib chiqmoqchi emasman va hozir bu haqda gapirishning eng yaxshi payti emas. Bizga Niko va u ko'rsatishga qodir bo'lgan o'yin darajasi kerak.

Klubdagi ishim davomida Pepeda ajoyib lahzalar bo'ldi, ammo barcha kabi bazida u tarkibga kirmadi", - deydi Aretta.

Pepe 2021/22 yilgi mavsum "Arsenal" tarkibida 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal