Arteta “Olimpiakos”dan qabul qilingan mag'lubiyatdan so'ng nimalar dedi?

28 fev 2020, 08:46
London klubi ustozi jamoasining Yevropa Ligasidagi omadsizligi haqida gapirdi.

“Bu juda og'ir. Ushbu musobaqadan ko'p narsa kutgandik. Raqib juda chuqur himoyalandi. Gol urishga erishdik, biroq standart vaziyatdan gol qo'yib yubordik. 10 kishi bo'lib himoyalangan jamoaga qarshi hujum qilish qiyin. Shu bilan birga g'alabaga xotirjama erishish uchun yaxshi vaziyatlarga ega bo'ldik”, - deydi Arteta.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC Sport