

Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda. Jurnalistga ma'lum bo'lishicha, 19 yoshli ijrochi xizmatiga Yevropaning bir qator klublari, xususan "Manchester Yunayted”, "Real”, "Arsenal" va yana bir qancha jamoalar qiziqish bildirmoqda.
Gretsiyaliklar yarim himoyachini sotishdan 40 million evro ishlab olmoqchi. Xristosning o'zi bu qishda jamoani tark etishga tayyor.
Muzakitisning bozor narxi 25 million evroni tashkil etadi. Futbolchining "Olimpiakos" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozida yakuniga etadi.



