Arteta: “MYUga qarshi bahsda jamoamning har bir futbolchisi qoyilmaqom o'yin ko'rsatdi”

2 noya 2020, 09:31
APL 7-turida “Arsenal” safarda MYUni 1:0 hisobida engdi.

Uchrashuvdan so'ng londonliklar ustozi fikrlari bilan bo'lishdi.

“Men o'yinchilarimdan muvaffaqiyatga ishonishlarini va bir jamoa bo'lishlarini so'radim. Juda ham xursandman, boisi biz jasorat bilan qo'rqmasdan o'ynadik. MYU 4 yarim himoyachidan iborat murakkab taktika orqali o'ynadi. Ularning ikki nafari doimiy ravishda himoyaga bosim o'tkazib turdi. Birinchi bo'limda 2 marta gol urishimiz mumkin edi. Gol urganimizdan keyin esa bosimni engib o'tishga to'g'ri keldi. Jamoaning har bir futbolchisi qoyilmaqom o'yin ko'rsatdi” - deydi Arteta.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC Sport