Arteta: “Leno ajoyib o'ynadi”

“Arsenal” ustozi jamoa posboni Bernd Lenoni “Everton”ga qarshi o'yindagi harakatlarini maqtadi.

“Yevropa Ligasi bahsidan so'ng ko'rsatgan kayfiyatimiz eng yaxshi holat bo'ldi deb o'ylayman. 7 kun ichida 3 ta o'yin o'tkazdik. Raqibning barcha rejalarini buzishga muyassar bo'ldik. Leno haqiqatda yaxshi o'yin ko'rsatdi. Kerakli vaziyatlarda u bizni qutqardi. Obameyang - biz uchun hech qanday shubhalarsiz eng muhim o'yinchi. Biz uni klubda qoldirishga ishontirishimiz lozim”, - deydi Arteta.


Manba: Sky Sports