Arteta kechagi yirik g'alabadan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi

Khoja
22 okt 2025, 08:48
"Arsenal" ustozi Mikel Arteta ECHLning 3-turida "Atletiko" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng o'z fikrini bildirib o'tdi.

"To'pchilar" Londonda bo'lib o'tgan bahsda madridliklarni 4:0 hisobida mag'lub etgandi.

"Uchrashuv qiyin kechdi. Gol urganimizdan keyin raqib biroz ochildi, bu bizga maydonda erkinroq harakat qilishga  imkonini berdi. Natijadan juda xursandmiz.

Bu g'alaba muxlislar bilan rishtalarni mustahkamlashga yordam beradi, chunki sportda g'alabaga bo'lgan ishonch nihoyatda muhim. Endi biz yakshanba kuni bo'ladigan o'yinga e'tibor qaratishimiz kerak",  - deb fikr bildirdi Arteta.

Eslatib o'tamiz, "Arsenal" 3-turdan so'ng 9 ochko to'plagan holda PSJ va "Inter" bilan turnir jadvalini boshqarib bormoqda.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com