Arteta jarohatlar sababini aytdi

Mirjalol Normatov
4 dek 2025, 21:57
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta o'yinlar zichligi sababli jarohatlar ko'payganini aytdi.

"Balki o'yinlarning zichligi asosiy sabab emasdir, lekin biz murabbiylar ligadagi barcha futbolchilarga yordam berishimiz mumkin.

Bizga dam olish uchun qo'shimcha kun kerak, ayniqsa, Yevropada ko'p o'yin o'tkazayotgan jamoalar uchun. Bizda nafaqat Premer-ligada, balki, umuman bunday taqvim bo'lmagan. Shu sababli nimalarnidir o'zgartirish kerak.

Menimcha bu sog'lom fikr. Qaysidir vaziyatda o'yinlar juda ham ko'paygandek tuyuladi, lekin futbolchilar mashina emas. Biz hammaga e'tibor berishimiz kerak", - dedi Arteta.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal