Arteta: "Emocional bahs, bundan ortig'i bo'lmaydi"

Sherzod Nurmatov
23 yanv 2023
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "Manchester Yunayted"ga qarshi uchrashuv (3:2) haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.

"Emocional bahs  bo'ldi, katta ishtiyoq, yuqori sifat ko'zga tashlandi. Bundan ortig'i bo'lmaydi. "Tottenxem" bilan derbidan so'ng bunday jamoaga qarshi o'z uyimizda bunday o'ynaganimiz, ayniqsa, ikkinchi taymda ko'rsatgan o'yinimiz aql bovar qilmas darajada edi. Menga juda yoqdi. Biz va muxlislarimiz uchun ajoyib lahza.

Emocional nazoratni namoyish etdik, chunki MYU foydasiga 1:0 bo'lib tursa, vaziyatdan chiqib kyetish mushkul. Lekie biz diqqatimizni jamlab, o'yinga qayta oldik. Futbolchilarim ko'rsatgan individual harakatlar manzur keldi. Uchrashuvda g'alaba qozonish yo'lini topdik.

Bunday jamoalarga qarshi kambek menga kelajakka ijobiy qarash imkonini beradi. Hozir jamoalar ligada juda zich joylashgan, deyarli katta farq yo'q", – dedi Mikel Arteta.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC