Arteta boshchiligidagi "Arsenal" APLdagi 60 ta o'yinning 20 tasida mag'lubiyatga uchradi. Vengyerda bu ko'rsatkich 116-o'yinni tashkil etadi

Aslanov Jasurbek
23 avg 2021, 00:17
"Arsenal" klubi APLning 2-turida "Chelsi"ga 0:2 hisobida yutqazdi.

Mikel Arteta uchun bu "kanonirlar" bosh murabbiyi sifatida turnirdagi 20-mag'lubiyat hisoblanadi. U ushbu lavozimda Premer-liganing jami 60 o'yinini o'tkazdi.

E'tiborlisi, jamoani 1996 yildan 2018 yilgacha boshqargan Arsen Venger chempionatdagi 20-mag'lubiyatini faqat 116-o'yinda qabul qilib olgandi.

Eslatib o'tamiz, keyingi turda "Arsenal" "Manchester Siti" bilan to'qnash keladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta Sports