Arteta: "Arsenal" bir mavsumda 100-105 ochko to'play oladi"

Mirjalol Normatov
19 may 2023, 21:33
"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Artetaning fikriga ko'ra, APL darajasining yuqoriligi sababli "Manchester Siti" 105-110 ochko to'play olmayapti.

- Hozirgi "Manchester Siti"ni APL tarixidagi eng kuchli jamoa desa bo'ladimi?

- Ularning APLdagi natijalari va YCHL yarim finalidagi o'yini orqali bu tarifni bemalol ishlatsa bo'ladi.

Biroq shu bilan birga ular APL darajasini ham sezishmoqda. "Manchester Siti" 105 yoki 110 ochko to'plashi mumkin. Biroq buni amalga oshirishga liga darajasi yo'l qo'ymayapti. So'nggi 10 oy davomida biz ular bilan elkama-elka kurashib kela oldik, - dedi Arteta.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal