Arshavin: “Messi Ronalduning xet-trik qayd etganini biladi”

Aslanov Jasurbek
14 mar 2019, 01:24
Londonning “Arsenal” klubi sobiq futbolchisi Andrey Arshavin CHL doirasidagi “Barselona” hamda “Liona” to'qnashuvi oldidan o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Messi? U kecha Ronaldu xet-trik qayd etganini biladi. Leo ham bo'lajak bahsda o'zini ko'rsatishga harakat qiladi. “Lion” esa Messiga o'yin bermay, uni yopishga urinsa kerak. Ammo, Messini to'xtatish uchun jamoa a'zolari bir-biriga ko'maklashishi kerak. “Lion”ning imkoniyati? Imkoniyat har doim bor. Fransiyaliklarning har bir goli uchun, “Barselona” ikkita gol bilan javob berishi kerak bo'ladi.” - deydi 2018 yilda faoliyatiga yakun yasagan rossiyalik futbolchi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Матч ТВ