Ekskursiyadan so'ng mehmonxonaga yo'l olgan "Arsenal" avtobusi ortidan vetnamlik ashaddiy muxlis yugirib bordi. Avtobusni to'xtatishga uringan muxlis simyog'och va daraxtga urilib ketgan bo'lsa-da, jiddiy jarohat olgani yo'q va yugurishda, avtobusni quvlashda davom etdi.
Uning yugurib kelayotganini sezib qolgan futbolchilar, turli qichqiriqlar bilan unga dalda bo'lishni boshlashdi. Ayrim futbolchilar uning yugurishini ko'rib, murabbiylarga hazillashib, u bilan shartnoma tuzishni ham taklif etishdi. Biroz o'tib avtobus to'xtadi. "Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Venger bu muxlisni avtobus ichiga taklif etdi.
Ichkarida u futbolchilar bilan qo'l berib ko'rishdi va Arteta bilan rasmga tushishga muvoffaq bo'ldi. Umumiy hisobda vetnamlik bu muxlis 6 kilometr masofani bosib o'tdi, deya xabar beradi klub rasmiy sayti.