"Arsenal"ning mag'lubiyati "Lion"ni CHL guruh bosqichiga olib chiqdi

Alisher
30 may 2019, 13:06
Shu o'rinda "Arsenal" ham kelasi mavsum CHL da ishtirok etmaydi.

"Chelsi" va "Arsenal" uchrashuvi Fransiyaning "Lion" jamoasi muxlislari va o'yinchilari uchun ham ahamiyatli bo'ldi.

"Ko'klar"ning Bokudagi g'alabasi "Lion"ga 2019/20 yilgi Chempionlar Ligasi guruh bosqichini tuhfa etardi.

"Kanonirlar" g'alaba qozongan taqdirda esa "Lion" Chempionlar Ligasini 3-saralash bosqichidan boshlashlariga to'g'ri kelardi va "Arsenal" Yevropa Ligasi sohibi sifatida CHLning guruh bosqichiga to'g'ridan to'g'ri yo'llanmani qo'lga kiritar edi. Yakunda esa London klubi Yevropa Ligasida o'ynaydi, bo'sh turgan joyni esa "Lion" egallaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia