"Arsenal"ning bir guruh futbolchilari Aleksis ketishini istamoqda

Aslanov Jasurbek
30 dek 2017, 15:47
"Arsenal"ning bir guruh futbolchilari va xodimlar jamoa hujumchisi Aleksis Sanches qishki transfer oynasida klubni tark etishini istashmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, "Sautgempton"ga qarshi so'nggi bahsdan (1:1) so'ng London jamoasining bir necha nafar futbolchilari jamoada chililik forvardni boshqa ko'rishni istamasligini bildirdi. "Arsenal" yarim himoyachisi Jek Uilshir esa o'yin payti maydonda Aleksisga etiroz bildirib, u to'pni juda ko'p yo'qotayotganini aytdi.

Sanchesning "Arsenal" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakuniga etadi.

Yanvarda chililik boshqa klublar bilan muzokara o'tkazishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail