"Arsenal"ga yaxshi hujumchi zarur

Narzulla Saydullayev
4 yanv 2014, 20:42
Londonning "Arsenal" jamoasi murabbiylar shtabi hujumchi qidirish ishlarini boshlab yubordi.
"To'pchilar" nishonida esa yana o'sha Mario Mandjukich turibdi. "Bavariya"da mazmunli o'yin namoyish etayotgan futbolchi mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin. Chunki Myunxen super klubi "Borussiya D"dan Robert Levandovskini olib kelishga axd qilgan.

Agar polyak futbolchisi "Gollivud FK" safiga ko'chib o'tadigan bo'lsa, Mandjukich o'ziga yangi jamoa topishiga to'g'ri keladi. Shu boisdan ham Marioning "Arsenal" taklifini qabul qilishiga ishonish mumkin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: goal.com