"Arsenal" "Yuventus" xavbekini sotib olishga tayyor

Sherzod Nurmatov
20 sen 2022, 11:14
Londonning "Arsenal" klubi "Yuventus" yarim himoyachisi Manuel Lokatelliga qiziqish bildirmoqda.

Bu haqda "Calciomercato" xabar berdi.

24 yoshli Lokatelli "Yuventus"ga 2021 yilning yozida "Sassuolo"dan kelib qo'shilgandi. Turin klubi uni sotib olish huquqi bilan ikki yilgi ijaraga olgan. 

Manuel joriy mavsum barcha musobaqalarda 6 ta o'yinda maydonga tushdi. Lokatelli "Yuventus" safida jami 49 ta o'yinda 3 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Calciomercato