"Arsenal" yangi yarim himoyachi uchun 40 million sarflashi mumkin

Alisher
23 iyun 2024, 16:27
"Renn" yarim himoyachisi Dezire Due shu yozda Angliyaga yo'l olishi mumkin.

O'yinchi bilan shartnoma imzolashga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda.

Francuz tomoni futbolchi bilan 35 million funt (41 million evro) evaziga xayrlashishga tayyor. Dezirega shuningdek PSJ ham befarq emas.

19 yoshli xavbek o'tgan mavsum Fransiya chempionati doirasidagi 31ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol va 4ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Tribal Football