"Arsenal" yangi darvozabon izlamoqda

Alisher
23 fev 2021, 13:48
Londonning "Arsenal" klubi rahbariyati jamoaning darvozabon chizig'ini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

Poytaxt klubi "Suonsi"da ijara asosida o'ynayotgan "Nyukasl" darvozaboni Freddi Vudmanga qiziqmoqda.

"Nyukasl" Vudmanni keyingi mavsumdan asosiy darvozabon qilishni xohlagan edi, ammo yaxshi taklif kelib tushsa, klub o'yinchini sotishga tayyor.

"Arsenal" APLda 25 turdan so'ng 34 ochko jamg'argan holda jadvalning 10-o'rnida bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: todofichajes