"Arsenal" Vlaxovichni xarid qila olmaganidan so'ng "Lill" forvardi David bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
28 yanv 2022, 14:33
"Arsenal" "Lill" hujumchisi Jonatan Davidga qiziqmoqda.

"Kanonirlar" faoliyatini "Yuventus"da davom ettiradigan "Fiorentina" forvardi Dushan Vlaxovichni o'z safiga qo'shib ololmaganidan so'ng 22 yoshli kanadalik uchun kurashga qo'shildi.

Shu bilan birga "Lill" Davidni yozgi transfer oynasida sotmoqchi.

David 2021/22 yilgi mavsum "Lill" safida 30ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: ESPN