"Arsenal", "Shalke-04", "Volfsburg" "Sassuolo" hujumchisi Berardiga qiziqish bildirmoqda

Aslanov Jasurbek
31 mar 2015, 12:12
"Sassuolo" va Italiya yoshlar terma jamoasi hujumchisi Domeniko Berardi "Arsenal" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

Londonliklar 21 yoshli hujumchini Joel Kempbellning o'rinbosari sifatida ko'yapti. Berardi xizmatlariga "Shalke-04" va "Volfsburg" ham qiziqib qolgan.

Eslatib o'tamiz, Berardi transfer huquqining yarmi "Yuventus"ga tegishli. Turinliklar futbolchining qolgan yarim transfer huquqini 15 mln. evro evaziga sotib olishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com