"Arsenal" "Real Sosedad" forvardini transfer qilmoqchi

Mirjalol Normatov
25 yanv 2022, 00:33
"Arsenal" "Real Sosedad" hujumchisi Aleksandr Isakning xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

"The Athletic" xabariga ko'ra, Ispan klubi futbolchining tovon puli - 90 million evro to'langan taqdirda uning istalgan jamoaga ketishiga qarshilik qilmaydi. Ammo "Arsenal" narxlarning tushirilishini istamoqda. Oldinroq Isak "Barselona" va "Manchester Siti" qiziqishlari doirasida ekanligi borasida ma'lumotlar tarqagandi.

Ushbu mavsumda 22 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 25 o'yinda qatnashib, 8 gol va 2 assist qayd etdi. Uning klubi bilan kelishuvi 2026 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Athletic