"Arsenal" PSJ futbolchisiga da'vogar

Mirjalol Normatov
5 apr 2020, 16:28
"Arsenal" rahbariyati tarkibda PSJ futbolchisi Leven Kurzavani ko'rmoqchi.

"Express" xabariga ko'ra, "kanonirlar" bu borada futbolchi bilan bog'lanishga ulgurishgan. 27 yoshli futbolchining PSJ bilan shartnomasi yozda yakuniga etadi.

Oldinroq uning xizmatlariga "Barselona" tomonidan ham qiziqishlar borligi aytilgandi. Ammo buning uchun kataloniyaliklar avvaliga Junior Firponi sotishlari kerak bo'ladi.

Ushbu mavsumda Kurzava PSJ tarkibida 23 o'yinda 1 gol va 2 assistentlik qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express