"Arsenal" Pepeni 25 million funt evaziga sotishga tayyor

Alisher
15 noya 2021, 10:14
"Arsenal" hujumchi Nikolya Pepening sotuvi borasida takliflarni ko'rib chiqishga tayyor.

London klubi o'yinchining sotuvidan 25 million funt miqdorida mablag' ishlamoqchi.

Pepe hali ham "Arsenal" tarixidagi eng qimmat xarid bo'lib turibdi - "kanonirlar" Nikolyani 2019 yilning avgustida "Lill"dan 72 million funt evaziga xarid qilishgan.

26 yoshli Pepe joriy mavsum asosiy tarkibda faqatgina 5ta o'yinda maydonga tushdi, ammo uning hisobida hali gol yo'q.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football.London