"Arsenal" o'yinchisi "Marsel"ga o'tmoqchi

Alisher
3 iyul 2021, 12:35
"Arsenal" himoyachisi Vilyam Saliba faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.

20 yoshli fransiyalik futbolchi "Marsel"ga o'tishni xohlamoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2024 yilga qadar mo'ljallangan.

Saliba "Arsenal"ga 2019 yilda 30 mln evro evaziga o'tgandi. O'shanda himoyachi "Sent-Eten"ga ijaraga berib yuborildi. Saliba 2020 yilda Londonga qaytdi, ammo bosh murabbiy Mikel Arteta uni Yevropa Ligasi uchun qaydnomaga kiritmadi. Markaziy himoyachi yanvarda ijara asosida "Nicca"ga yo'l oldi.

Saliba 2020/21 yilgi mavsum Fransiya chempionati doirasidagi 20ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: The Athletic