"Arsenal" Obameyangning o'rniga "Real"dan nomzod topib qo'ydi

Mirjalol Normatov
17 may 2020, 10:23
"Arsenal" "Real" forvardi Luka Yovichni nishonga oldi.

"Football Espana" xabariga ko'ra, 22 yoshli futbolchini "kanonirlar" jamoani tark etishi kutilayotgan Per-Emerik Obameyangning o'rniga nomzod sifatida ko'rmoqda.

"Real" esa katta ehtimol bilan futbolchining ketishiga qarshilik qilmaydi. Serbiyalik forvard ushbu mavsumda "Real" tarkibida 24 o'yinda qatnashdi va atigi 2 gol urdi.

Ayni damda Yovichning xizmatlariga "Milan" tomonidan jiddiy qiziqishlar bo'lmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana