"Arsenal" Niderlandiya terma jamoasining yosh yulduzini "Liverpul"dan ilib ketmoqchi

Administrator
26 mar 2025, 23:55
"Arsenal" "Ayaks"ning 19 yoshli niderlandiyalik himoyachisi Yorrel Xato bilan shartnoma imzolashga qiziqmoqda.

Qayd etilishicha, londonliklarning raqobatchilari juda ko'p. Xususan, yosh niderlandiyalik futbolchining xizmatlariga "Liverpul", "Real", "Chelsi" va "Milan" klublari qiziqish bildirmoqda.

Yorrel Xato Niderlandiya terma jamoasi safida oltita o'yin o'tkazgan va bitta assist qayd etgan. Transfermarkt portali Xatoni 30 mln evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: TEAMtalk