"Arsenal" muxlislari klubga "Real" skauti kelganidan xursand

Omonjon To`xtamirzayev
20 dek 2023, 14:17
Paulo Ksave "Real" skauti lavozimini tark etib, "Arsenal"ga ko'chib o'tdi.

Mutaxassis ingliz klubidagi faoliyatini boshlab ulgurdi. Uning bevosita ish hududi Janubiy Amerika hisoblanadi. Unga yana "kanonirlar"ning ikki skauti yordamlashadi.

Ksave davrida "Real" Vinisius Junior va Rodrigo Silvani tarkibiga qo'shib oldi, keyinroq esa "Palmeyras"dan Endrik qo'shiladi. Londonliklar muxlislaridan biri bu yangilikka quyidagicha izoh qoldirdi:

"Bu jamoa nihoyat meni xursand qildi!"

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: The Sun