"Arsenal" "Manchester Yunayted"dan murabbiy olib kelishi mumkin

Mirjalol Normatov
1 may 2018, 20:12
"Arsenal" rahbariyati bosh murabbiyi Arsen Vengerning o'rniga nomzod izlamoqda.

"The Sun" xabariga ko'ra, "kanonirlar" ayni damda 14 murabbiyning nomzodini ko'rib chiqmoqda. Ularning orasida "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyoning yordamchisi Ruy Faria ham bor.

Oldinroq "Arsenal" Yurgen Kloppning yordamchisi Jelko Buvachning ishlarini ham kuzatayotgani borasida ma'lumotlar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun