“Arsenal” Luis Gustavo bilan qiziqmoqda

2 avg 2013, 11:16
“Bavariya” klubi yarim himoyachisi Luis Gustavoga “Arsenal” qiziqmoqda.

Xosep Gvardiola jamoani yanada ixchamlashtirishi to'g'risida xabar berganidan so'ng myunxenliklar 26-yoshli yarim himochi bilan xayrlashlariga to'g'ri kelayapti.

Avval berilgan xabarlarga ko'ra, Gustavo bilan “Chelsi”, “Inter” va “Volfsburg” klublari qiziqqan, biroq yaqinda “Arsenal” klubi ham futbolchi bilan qiziqayotganligi ma'lum bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Gustavo “Bavariya”ga 2011 yilda 17 mln evro evaziga “Xoffenxaym” klubidan o'tgan edi.


Manba: sports.ru