"Arsenal" "Lion" xavbeki Auar uchun kurashga qo'shildi

Alisher
1 may 2021, 11:25
"Arsenal" o'z tarkibini Ussem Auar bilan kuchaytirib olmoqchi.

22 yoshli fransiyalik futbolchiga shaxsan London klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta qiziqish bildirmoqda.

Qayd etish kerakki, ikki tomon o'rtasida muzokaralar boshlangan.

Fransiyalik futbolchi joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 3ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports