"Arsenal" joriy mavsumda ilk bor o'yinni golsiz yakunladi

Sherzod Nurmatov
4 yanv 2023, 11:58
London klubi APLning 19-turi doirasida "Nyukasl" bilan durang o'ynadi (0:0).

O'yin "Emireyts" stadionida bo'lib o'tdi.

Mikel Arteta shogirdlari joriy mavsumda birinchi marta uchrashuvni golsiz tugatdi. Bungacha "kanonirlar" 16 ta o'yinning barchasida kamida bitta gol urgan edi.

"Arsenal" 44 ochko bilan APL turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o'rindagi "Manchester Siti" hisobida 36 ochko bor.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: BBC