"Arsenal" Jakaga yangi shartnoma taklif etmoqda

Sherzod Nurmatov
31 iyul 2021, 00:05
Yarim himoyachi Granit Jaka "Arsenal"da qolishi mumkin.

London klubi 2025 yilgacha mo'ljallangan kelishuvni taklif etishga tayyor. 

Jaka ushbu yozda "Roma"ga o'tishga yaqin edi, biroq jamoalar futbolchining transfer narxi bo'yicha kelishuvga erisha olmadilar.

"Bo'rilar" "Arsenal"ga 15 million evro va bonuslarni taklif qildi. Xavbek "Roma" bilan 4 yillik shartnoma tuzishi va yiliga 2,5 million evro maosh olishi kutilgandi. 

28 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda "Arsenal" uchun 45 uchrashuvda harakat qilib, 1 ta gol urgan va 2 ta golli uzatmani qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano