
"Arsenal" akademiyasi o'quvchilari Istanbuldagi Beygolu stadionida hamda futbol parki hududida shug'ullanishadi. Rejaga ko'ra, akademiyada bir vaqtning o'zida 1000 nafar o'quvchi tahsil oladi. Bolalar mashg'ulotlar bilan birga ingliz tilini ham o'rganishadi.
Akademiya rivojlanishi yo'lida yozda Mesut Ozil maktabga tashrif buyuradi.
Bu "Arsenal"ning chet eldan ochgan 25-akademiyasidir. Maktabning eng yaxshi o'quvchilari "to'pchilar"ning Londonda joylashgan asosiy akademiyasida shug'ullanish huquqini qo'lga kiritadi.