"Arsenal" futbolchisi Italiyaga yo'l olishi mumkin

Alisher
4 mar 2020, 13:23
Londonning "Arsenal" klubi xavbeki Enzli Meytlend-Nayls faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

"To'pchilar"ning yangi murabbiyi Mikel Arteta qo'l ostida ko'p ham o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan futbolchiga "Milan" va "Inter" klublari qiziqish bildirmoqda.

Xabarlarga ko'ra, Enzlining Arteta bilan kelishmovchiligi bor, shu sababdan yozda klubdan ketmoqchi.

Ehtimoliy transfer narxi 20 million evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal