"Arsenal" futbolchilari Vengerga sovg'a uyushtirishmoqchi

Aslanov Jasurbek
24 apr 2018, 11:47
"Arsenal" yarim himoyachisi Granit Jakaning so'zlariga ko'ra, futbolchilar mavsum oxirida klubni tark etadigan bosh murabbiy Arsen Vengerga sovg'a uyushtirish niyatida.

"Bizda murabbiyimiz bilan ishlash uchun 1 oy qoldi va unga sovg'a taqdim etmoqchimiz. Sovg'a esa albatta sovrin. Biz Yevropa ligasida g'alaba qozonish niyatidamiz. Bu muvaffaqiyatga u, o'zimiz va muxlislar uchun erishmoqchimiz. Venger 22 yil ichida "Arsenal"da qanday ishlarni amalsha oshirganini hamma yaxshi biladi.

Natijalar yaxshi bo'lsa hech kim murabbiy haqida gapirmaydi, biroq bu futbol, hayotimizning bir qismi va ko'nikishimiz kerak" - deydi Jaka.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal