"Arsenal" darvozasini ishg'ol etgan Xoland APLda yana bir rekord qo'ydi

Omonjon To`xtamirzayev
23 sen 2024, 13:33
"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland APL 5-turi doirasida "Arsenal" darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi.

Shunday qilib, norvegiyalik Angliya Premer-Ligasining dastlabki 5 o'yinida 10 ta gol urishga erishgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi. 

Eslatib o'tamiz, keyingi turni "Man Siti" safarda "Nyukasl"ga qarshi o'tkazadi. O'yin 28 sentyabr sanasiga mo'ljallangan.  

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: bbc.com