

25 yoshli Omar Marmushga Arsenal, Chelsi va Liverpul jiddiy qiziqish bildirmoqda. Misrlik hujumchi uchun kurashda to'pchilar yetakchilik qilmoqda. Arsenal hujumchini qishda qo'lga kiritishga harakat qilmoqda.
Ma'lumot uchun, Marmushning nemis klubi bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yozida yakunlanadi. Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 24 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 18 ta gol va 12 ta golli uzatma bor. Transfermarket nashri futbolchini 60 million evroga baholamoqda.




