"Arsenal" "Brayton" himoyachisi bilan kelishuvga erishdi

Sherzod Nurmatov
17 iyul 2021, 19:15
"Arsenal" Ben Uayt transferi bo'yicha muzokaralarni muvaffaqiyatli yakunladi.

Manbaga ko'ra, uning transfer summasi 55 million evroni tashkil qiladi. Tez orada futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Oldinroq 23 yoshli o'yinchi "kanonirlar" bilan 2026 yilgacha mo'ljallangan shartnoma tuzishi ko'zda tutilgandi.

Uayt o'tgan mavsumda 39 o'yinda maydonga tushgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic