Arsenal Barselona futbolchisini 75 millionga sotib olishi mumkin

Khoja
16 apr 2025, 08:53
Arsenal yozda Jyul Kundeni sotib olishga harakat qilib ko'radi.

London jamoasi Barselona o'n qanot himoyachisiga jiddiy qiziqish bildirmoqda va 26 yoshli futbolchiga 75 million evro berishga tayyor. Kataloniya klubi ham hozirgi qiyin moliyaviy qiyinchiliklar sababli himoyachisini yaxshi narxga sotishga tayyor. Shuningdek, Kundega Arsenaldan tashqari Chelsi ham qiziqish bildirmoqda.

Kunde joriy mavsum 49 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Uning hisobida 3 ta gol va 8 ta golli uzatma bor.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com