"Arsenal" APLda 4 oydan beri yutqazmay kelmoqda

8 dek 2018, 23:20
Londonning "Arsenal" klubi ajoyib statistikaga ega bo'lib turibdi.

Gap shundaki, bugun "to'pchilar" APL 16 turi doirasida "Haddersfild" jamoasini qabul qilishdi va Lukas Torreyraning super goli evaziga g'alaba qozonishdi. Shu tariqa, Unai Emeri shogirdlarining mag'lubiyatsiz o'yinlari seriyasi 21taga etdi – 16 g'alaba va 5ta durrang. Bu "Arsenal"ning 2007 yil noyabr oyidan beri eng yaxshi ko'rsatkichi sifatida etirof etildi. O'shanda klub qatorasiga 28 bor o'yinni mag'lubiyatga uchramasdan yakunlagandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com/OptaSports