"Arsenal" 80 mln. evrolik futbolchi uchun "Chelsi" bilan kurashadi

Aslanov Jasurbek
25 mar 2024
"Arsenal" Usmon Diomandeni sotib olmoqchi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Mikel Arteta markaziy himoyachi sotib olishni so'ragan va "Arsenal" bor e'tiborini "Sporting"dagi Usmon Diomande nomzodiga qaratgan.

Klub 20 yoshli futbolchini 2023 yilning yozidan beri kuzatib kelmoqda. O'tgan yili "Sporting" "Arsenal"ning 30 mln. evrolik taklifini rad etgan edi.

"Arsenal" futbolchining agenti va Portugaliya klub rahbariyatiga muzokaralarni tez orada boshlashini ma'lum qilgan.

Futbolchining shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan va bitimdagi tovon puli 80 mln. evroni tashkil qiladi.

Oldinroq, "Chelsi" himoyachi uchun 60 mln. evro va bonuslar taklif qilgan edi. "Arsenal" ham huddi shuncha mablag' va bonuslar taklif qilmoqda.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sport Witness