Arsen Venger: UEFAdan safardagi gol qoidasini bekor qilishni so'radim

Narzulla Saydullayev
22 dek 2013, 09:20
Arsenal bosh murabbiyi Arsen Venger evrokuboklar pley-off bosqichlaridagi safarda urilgan gol qoidasini bekor qilish vaqti kelganini aytib o'tdi.
O'tgan mavsum biz Chempionlar ligasidan safarda urilgan gol tufayli chiqib ketganimizdan keyin men UEFAdan ushbu qoidani bekor qilishni so'radim.

Eslab ko'ring, Bavariyaga 1:3 hisobida yutqazdik va safarda 2:0 hisobida yutdik. Myunxenliklar maydonida ikkita gol urish juda qiyin edi.

Safardagi urilgan gol qiymati zamonoviy futbolda juda katta.

UEFA vakillari mening taklifimdan hayron bo'lishdi. Hozirgi vaqtda raqib haqida ma'lumot olish juda oson. Endi safardagi va uydagi gollarning hech qanday farqi yo'q.

Ko'pchilik o'z maydonida gol o'tkazib yubormaslik uchun yopiq va himoyaviy futbol namoyish etishmoqda. Murabbiylar ham asosan o'z maydonidagi o'yinlarda birinchi navbatda gol o'tkazmaslik kerakligini aytishmoqda, – deydi Venger.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru