Arsen Venger Shveytsariya termasini boshqarishi mumkin

Aslanov Jasurbek
30 iyul 2021
"Arsenal" sobiq murabbiyi faoliyatini terma jamoalarda davom ettirishi mumkin.

The Sun nashrining xabar berishicha, Shveytsariya terma jamoasiga tayinlanishi mumkin bo'lgan murabbiylar ro'yxatida Arsen Venger ham bor. Mamlakat futbol federatsiyasi, Arsen Venger oldiga Qatarda o'tkaziladigan jahon chempionati final bosqichiga chiqish vazifasini qo'yadi. 

Eslatib o'tamiz, Shveytsariya termasining sobiq murabbiyi Vladimir Petkovich "Bordo" klubi bilan uch yillik shartnoma imzolagandi. Arsen Venger esa, 2018 yildan beri ishsiz hisoblanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Sun