
Aleksis Sanchez yuqori sifatli futbolchi hisoblanadi va aynan uning bu jihatlari "Arsenal"ga qo'l kelishiga ishonaman. Sanchez - universal futbolchi. Chililik futbolchi har ikkala qanotlarda ham, markazda ham yuqori saviyada o'ynay oladi. Teo Uolkot jarohat olgani bois, hozircha uni qanotda o'ynatib turamiz. Keyinroq Jiru bilan birgalikda markaziy hujumchi sifatida harakatlanishi ham mumkin. Biz 4-4-2 va 4-3-3 sxemalaridan foydalanamiz. Variantlar ko'p. Aleksis Sanchez tezkor, kurashuvchan futbolchi sanaladi. Bu Angliya premer ligasida juda kerak futbolchi uchun. U har doim mashg'ulotlarda katta kuch bilan ishlaydi. Shu sabab ham uni katta mablag' evaziga sotib oldik.