Arsen Venger: "Ishonamanki, Xames Rodriges bu mavsumda "Monako"dan kyetmaydi"

Aziz Tukhtamuradov
19 iyul 2014, 16:11
"Arsenal" bosh murabbiyi Arsen Vengerning fikricha Xames Rodriges bu yil "Monako"da qoladi.
"O'ylaymanki, Xames "Monako" uchun judayam katta futbolchi. Agar "Real" va "Barselona" kabi jamoalar bunday futbolchiga qiziqayotgan bo'lsalar uni ushlab qolish qiyin bo'ladi.
U ushbu mavsumda "Monako"dan ketmasligiga ishonchim komil. Ular Chempionlar Ligasida ishtirok etadilar. Ikki yoki uch yildan so'ng esa aniq ketadi", - deydi Venger.

Eslatib o'tamiz, ayni paytda "Real" futbolchining transferi borasida muzokaralar olib bormoqda.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru