Arsen Venger: Arsenalni sevadiganlarni xafa qilganimdan afsusdaman

Narzulla Saydullayev
18 avg 2013, 11:10
Arsenal ustozi Arsen Venger APL 1-turidan o'rin olgan Aston Villadan uchralgan mag'lubiyatdan (1:3) so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Klubimizni sevadiganlarni xafa qilganimdan afsusdaman. Bu yerda ularni xursand qilish uchun ishlayapman, ammo hozir faqat uzr so'ray olaman holos. Umid qilamanki, ularni keyingi o'yinda baxtli qila olaman.

O'yinni yaxshi boshlagandik, ammo hakamni antiqa qarorlari va chetlatish imkoniyatimizni keskin pasaytirdi.

Bugungi hakamlik menga yoqmadi, ammo buni muhokama qilish meni ishim emas, men murabbiyman, – deydi Venger.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru