Arne Slot Salohni yana zaxirada qoldirishi mumkinmi? Murabbiy javob berdi

Aslanov Jasurbek
25 yanv 2026, 16:03
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot jamoa yulduzi Muhammad Salohni yana zaxira o'rindig'ida qoldirsa, o'zini noqulay his qilish-qilmasligi haqidagi savolga javob berdi.

"Tarkibdan kimnidir chetda qoldirsam, ayniqsa, klub uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan futbolchini zaxiraga olsam, doim o'zimni noqulay his qilaman. Biroq mening ishim - jamoa uchun eng to'g'ri va eng yaxshi deb hisoblagan qarorlarni qabul qilishdan iborat", - deya Slotning so'zlarini keltirmoqda taniqli insayder Fabricio Romano.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning dekabr oyida misrlik hujumchi jamoadagi holatidan noroziligini bildirib o'tgan edi, shundan keyin u ikkita bahsni zaxirada o'tkazgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Fabrizio Romano