Arnautovich faoliyatini A Seriyada davom ettiradi

Mirjalol Normatov
27 iyun 2021
Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, avstriyalik forvard Marko Arnautovich "Bolonya" bilan kelishuvga erishgan.

Endi Arnautovich "Shanxay SIPG" bilan shartnomaning bekor qilinishini kutishi kerak bo'lmoqda. Uning Xitoy klubi bilan shartnomasi 2022 yil yoziga qadar davom etadi.

Eslatib o'tamiz, Marko 2009/10 yilgi mavsumni "Inter" tarkibida o'tkazgan va klub bilan trebl qayd etgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal