Ari: “Rossiya fuqarosi bo'lib, JCH-2018da qatnashishni orzu qilaman”

Aslanov Jasurbek
31 iyul 2017, 23:20
Moskvaning “Lokomotiv” klubi hujumchisi Ari yana bir bor Rossiya fuqaroligini qabul qilish va ushbu mamlakat terma jamoasida o'ynash istagi yuqori ekanligini oshkor etdi.

“Maqsadim - Rossiya pasportiga ega bo'lish. Bu bilan birinchi galda klubimga yordam bergan bo'lardim. Murabbiylar mening o'rnimga yangi legioner olish imkoniyatini qo'lga kiritadi.

Va albatta, eng katta orzuim - Rossiya terma jamoasi libosida JCH-2018 final bosqichida ishtirok etish”, - dedi Ari.




O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif