Argentinada motam, Chempionlar Ligasi bahslari sukut bilan boshlanadi

25 noya 2020, 23:46
25 noyabr kuni afsonaviy Diego Maradona 60 yoshida vafot etdi.

Clarin nashri xabariga ko'ra, Argentina prezidenti Alberto Fernandes mamlakatda 3 kunlik motam e'lon qildi.

"Bunga ishonolmayman. Bu "Arxentinos Xuniors" (Maradonaning birinchi klubi) muxlislari uchun eng yomon yangilik. Biz uni yaxshi ko'ramiz. Bu qayg'uli yangilik", - dedi Fernandes.

Maradona faoliyati davomida "Boka Xuniors", "Barselona", "Napoli", "Sevilya" va "Nyuells Old Boyz" klublari sharafini himoya qilgan edi.

UEFA matbuot xizmati jahon futbolidagi og'ir judolik munosabati bilan Chempionlar Ligasi bahslari bir daqiqalik sukut bilan boshlanishini e'lon qildi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Clarin